Useyn Bolt vaznsizlik sharoitida ham yugurish bo‘yicha g‘olib bo‘ldi

Useyn Bolt vaznsizlik sharoitida ham yugurish bo‘yicha g‘olib bo‘ldi

Yugurish bo‘yicha sakkiz karra Olimpiada chempioni, afsonaviy atlet Useyn Bolt maxsus samolyotda vaznsizlik sharoitida mashg‘ulot o‘tkazdi. Sportchi bu haqda o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Shu asnoda u vaznsizlik sharoitida yugurish bo‘yicha ikki nafar kosmonavt bilan musobaqalashdi va g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, joriy yil iyul oyi oxirida Bolt futbolchiga aylandi. U Avstraliya yuqori divizionida ishtirok etadigan “Sentral Kost Mariners” jamoasi tarkibiga borib qo‘shilgan.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!