Urush qahramoni ustidan kulgan mashhur sayt yopildi

Bilasizmi, Xitoyda komikslar va sketchlari bilan tanilgan mashhur “Baozou” internet servisi yopildi, deb xabar berdi “Verge” axborot manbasi. Videolavhalardan birida mazkur davlatda o‘tgan asrning birinchi yarmida ro‘y bergan Fuqarolik urushi qahramoni ustidan kulingani uchun ana shunday qaror qabul qilingan.
Ma’lumot uchun, sodda tasvirlardan foydalanib yorqin komikslar yaratishi bilan tanilgan mazkur servis xizmatiga 2000 yilida asos solingan. Uning “Weibo” tarmog‘ida 10 milliondan ziyod, “YouTube”da esa 250 mingga yaqin obunachisi bor edi.
Xitoyda kibermakonni muvofiqlashtirib boruvchi idora yirik internet resurslari rahbarlarini yig‘ib, milliy qahramonlarni haqorat qilishni taqiqlashga oid yaqinda qabul qilingan qonunga rioya etilishi ta’minlanishini talab qilgan. Shundan so‘ng “Weibo”, “Youku” va “iQIYI” tarmoqlari o‘zlaridagi “Baozou” akkauntlarini o‘chirib tashlagan. Saytning o‘ziga esa kirish imkoniyati to‘liq cheklangan. “Baozou” rahbari Jen Szyan ushbu ishi uchun kechirim so‘ragan.
Ilgari Xitoy madaniyat vazirligi internet resurslaridan vatanparvarlik qo‘shiqlariga qilingan parodiyalarni o‘chirib tashlashni talab qilib chiqqandi.
“Internetda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar chin ijtimoiy madaniyatni muhofaza qilish uchun bu bilan kurashib borishi kerak”, - deyiladi vazirlik bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Chin o‘lkasida milliy qahramonlar, urush mavzusiga oid milliy yodgorliklarni haqoratlashni taqiqlovchi qonun shu yil 1 maydan kuchga kirdi.
Ayrim mahalliy jurnalistlar mazkur holatni senzurani kuchaytirilishi deb baholagan.
Manba: xs.uz