"Urganch" xalqaro aeroportida namozxona ochildi

"Urganch" xalqaro aeroportida namozxona ochildi

"Urganch" xalqaro aeroportidan namozxona va tahoratxona ishga tushirildi. Bu haqda Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilishlaricha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi farmoni bilan tasdiqlangan “Diniy – ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” doirasida viloyatda ko‘plab ishlar olib borilmoqda. 

Xususan, ziyorat turizm doirasida musulmon davlatlardan viloyatga tashrif buyurayotgan sayyohlarning ibodat qilishlari uchun sharoitlar yaratish va ularga yanada sifatliroq xizmat ko‘rsatish maqsadida Urganch xalqaro aeroportida zamonaviy, belgilangan talablarga javob bera oladigan namozxona va tahoratxonalar ishga tushdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!