Ulkan qushlar neandertallarning bolalarini ovlagani aniqlandi

Ulkan qushlar neandertallarning bolalarini ovlagani aniqlandi

Polshalik arxeologlar mamlakat janubidagi g‘orlardan birida kichkina neandertal qizning noodatiy qoldiqlarini topdi. Qoldiqlar ulkan yirtqich qush tomonidan yeyilgan va hazm qilingan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Arxeologlar yoshi taxminan 115 ming yilga teng bo‘lgan Polshadagi odamning eng qadimiy qoldiqlarini topgan. Tahlillar ko‘rsatishicha, ular ulkan qushning oshqozonida bo‘lgan.

Ancha uzoq vaqt davomida antropologlar va paleontologlar neandertallarni madaniy rivojlanishda ortda qolgan, nutqqa, madaniyatga va dinga ega bo‘lmagan, hatto olov yoqishni bilmagan, deb hisoblagan. So‘nggi besh yil ichidan Xorvatiya, Isroil va Ispaniyada topilgan topilmalar bu to‘qimalarni yo‘qqa chiqargan.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!