Ukrainada ikkita hayit bayrami davlat bayramlari maqomini oladi

Ukrainada ikkita hayit bayrami davlat bayramlari maqomini oladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqin orada Ramazon va Qurbon hayitlari davlat diniy bayramlari maqomini oluvchi farmonni imzolaydi. Zelenskiy bu haqda Qrim tatarlar vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi. 

Ukraina prezidenti, shuningdek, Qrim tatar xalqi qatliomi qurbonlari xotirasi kuni munosabati bilan hamdardlik bildirgan.        

Zelenskiy uchrashuvda Emina Japarova nomzodini tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlash taklifini ham bildirdi. 

Ukraina prezidenti Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, Xerson oblastida Qrimdan ko‘chib kelgan Qrim tatarlar uchun 500 ta kvartira qurilishini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, Kiyevda yangi jome’ masjidi qurish rejalashtirilgan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!