Ukraina uchun jahonga mashhur musiqachilar konsert beradi

Ukraina uchun jahonga mashhur musiqachilar konsert beradi

Mashhur Pink Floyd va Crash Test Dummies musiqiy guruhi, ukrainalik qo‘shiqchilar Ruslana va Jamala hamda boshqa ko‘plab mashhur nomlar 17 iyun kuni onlayn konsertda uchrashadilar.

Rossiyaning 24 fevral kuni Ukrainada boshlagan urushdan jabr ko‘rganlar uchun chipta va xayr-ehson bilan 10 million dollar yig‘ishni maqsad qilgan tadbir tungi soat 03:00da (Turkiya vaqti bilan) jonli efirda namoyish etiladi.

Chiptalar www.worlduniteforukraine.com saytida sotiladi va tadbirdan tushgan daromad urush qurbonlarining oziq-ovqat va boshpana, tibbiy buyumlar va kiyim-kechak ehtiyojlarini qondirish hamda odam savdosiga qarshi kurashga sarflanadi.

Konsertni 24 soat davomida tomosha qilish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!