UFC jangchisi 2044 yilgacha sportdan chetlatildi. Nega?

UFC jangchisi 2044 yilgacha sportdan chetlatildi. Nega?

Aralash yo‘nalish bo‘yicha italiyalik jangchi, Mutlaq jangchilar chempionatida (UFC) ishtirok etuvchi Mara Borella dopingga qarshi qoidalarni buzgani uchun 26 yilga chetlashtirildi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.

Italiya dopingga qarshi agentligi Borellani sportdan 26 yilga chetlashtirdi. 32 yoshli sportchi uchun taqiq faqatgina 2044 yilda o‘z yakuniga yetadi. Italiyalik jangchi taqiqlangan moddalarni tarqatganlikda aybdor deb topildi.

2012 yilda Borella marixuana va kokain tarqatish hamda sotish bilan bog‘liq jinoiy ishga aralashib qoldi. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, sportchi giyohvand moddalarni MMA bilan shug‘ullangan zalda sotgan.

Italiyalik jangchi UFC shafeligidagi so‘nggi jangini 2018 yilning yanvar oyida o‘tkazgan. O‘shanda u amerikalik Ketlin Chukagyanga mag‘lub bo‘ldi. Borella professional faoliyatida 12 g‘alabaga erishgan va besh marta mag‘lubiyatga uchragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!