U semirgan: Trampning og‘irligi qanchaligini bilasizmi?

U semirgan: Trampning og‘irligi qanchaligini bilasizmi?

Oxirgi yilda AQShning 72 yoshli prezidenti biroz semirgan, ammo qonidagi xolesterin miqdori kamaygan.

Ayni damda Trampning og‘irligi 110 kilogrammga teng, bu haqda uning shaxsiy shifokori Shon Konli ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Tramp 108 kilo tosh bosgandi. Demak, u ikki kiloga semirgan.

Shon Konli taqdim etgan hujjatga ko‘ra, Amerika yetakchisining qonidagi zararli xolesterin miqdori 143 dan 122 ga tushgan. Tramp xolesteringa qarshi kurashish uchun maxsus dorilar qabul qilgan.

Shuningdek, Tramning qon bosimi 118 ga 80, pulsi daqiqasiga 70 zarbaga teng.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!