“Twitter”dagi eng mashhur siyosatchilar: Hindiston Bosh vaziri uchinchi o‘rinda

“Twitter”dagi eng mashhur siyosatchilar: Hindiston Bosh vaziri uchinchi o‘rinda

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi “Twitter”dagi eng mashhur siyosatchilar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqida Hindistonning «Aj So» nashri xabar bermoqda.

2018 yil iyul oyidan beri “Twitter”dagi Narendra Modining izdoshlari soni 43,4 milliondan 50 millionga oshdi. Faqatgina AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning sahifasi 64 million va Oq uyning sobiq egasi Barak Obamaniki esa 108 milliondan ortiq “Twitter” foydalanuvchilari tomonidan imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, Bosh vazir Narendra Modi “Facebook”da ham faol (44,8 million obunachi), shuningdek, “Instagram”dagi (25 milliondan ortiq obunachilar) eng mashhur dunyo yetakchisidir.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!