Turkmanistonda Turkman gilami kuni nishonlandi

A A A
Turkmanistonda Turkman gilami kuni nishonlandi

Turkmanistonda Turkman gilami kuni munosabati bilan ko‘rgazma tashkil etildi.

Tadbir Ashxoboddagi Turkman gilami milliy muzeyida bo‘lib o‘tdi. Unda Turkmaniston parlamenti spikeri Dunyagozel Gulmanova, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, ko‘plab talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Turkmaniston parlamenti spikeri Gulmanova Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Turkmaniston prezidenti turkman gilamlari xalq hayotining ajralmas atributiga aylanganini ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning barcha aholisi turkman gilami bayramini nishonlaydi.

Ko‘rgazma ekspozisiyasidan ipak va jundan to‘qilgan gilamlar, an’anaviy va zamonaviy gilamdo‘zlik uskunalari, gilam aksessuarlari, ip-kalava va suvenirlar o‘rin olgan.

Mamlakatda turkman gilami bayrami an’anaviy tarzda 1992-yildan beri may oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi.

2019-yilda turkman gilami YUNESKOning insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!