Turkmanistonda parlament saylovlari 26 martda bo‘lib o‘tadi

Turkmanistonda parlament saylovlari 26 martda bo‘lib o‘tadi

Turkmanistonda yettinchi chaqiriq Majlis deputatlarini saylash 2023 yil 26 martga belgilandi. Turkmaniston parlamentining qonun chiqaruvchi palatasi shu haqda qaror chiqardi, deb xabar berdi Turkmaniston televideniyesining «Vatan» axborot dasturi.

Turkmenportal xabar berishicha, shu kuni Turkmanistonda viloyat, etraplar va shaharlar xalq maslahatlarining beshinchi chaqirig‘i hamda to‘qqizinchi chaqiriq kengashi a’zolari saylovi ham bo‘lib o‘tadi.

2018 yilda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida 125 ta o‘rin uchun 284 ta nomzod kurash olib borgan edi. Ularning 168 tasi uchta –Demokratik partiya, Sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasi hamda Agrar partiyasidan ilgari surilgan. Qolgan 116 nomzod fuqaro guruhlardan nomzodini ko‘rsatgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!