Turkmanistonda elektr va gaz endi tekin bo‘lmaydi

Turkmanistonda elektr va gaz endi tekin bo‘lmaydi

Turkmanistonda 2019 yilning 1 yanvaridan e’tiboran aholiga elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va osh tuzini bepul yetkazib berish to‘xtatiladi. Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bu borada tegishli qarorni imzoladi.

Mazkur qarorning maqsadi mamlakatda erkin iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish hamda elektr energiyasi, gaz va kommunal xizmatlar uchun narxlarni tartibga solish ekani aytilmoqda.

“Neytral Turkmaniston” gazetasining yozishicha, elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv muayyan limit doirasi bepul edi, aholi limitdan tashqari iste’mol uchun arzimagan pul to‘lab kelgan.

Bu amaliyot 1993 yilda, Turkmanistonning birinchi prezidenti Safarmurod Niyozov davrida joriy etilgan edi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!