Turkmaniston tarixida olimpiada sovrindori bo‘lgan ilk sportchiga nimalar sovg‘a qilindi?

Turkmaniston tarixida olimpiada sovrindori bo‘lgan ilk sportchiga nimalar sovg‘a qilindi?

21 yoshli turkmanistonlik Polina Guryeva Tokio olimpiadasining tosh ko‘tarish bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritgandi. 59 kg vazn toifasidagi bahslarda qatnashgan og‘ir atletikachi Turkmaniston sporti tarixida ilk marta olimpiada o‘yinlarida medal olgan atletga aylandi.

Turmkaniston hukumati sportchini qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi. Unga mamlakat poytaxtidan 3 xonali elit kvartira, 50 ming dollar mukofot va «Lexus 570 Sport Plus 2021» markali yo‘ltanlamas mashina sovg‘a qilindi. Shuningdek, sportchining birinchi murabbiyi Axmed Sariyev «Turkmaniston mustaqilligiga bo‘lgan ulkan muhabbat» ordeni bilan mukofotlandi. Og‘ir atletika bo‘yicha Turkmaniston milliy jamoasi murabbiyi Artur Emiryanga «Toyota Camry» mashinasi sovg‘a qilindi.

Turkmaniston tarixida olimpiada sovrindori bo‘lgan ilk sportchiga nimalar sovg‘a qilindi?

Turkmaniston prezidentining Polina Guryevaga yo‘llagan tabrik xatini prezidentning o‘g‘li Serdar Berdimuhammedov o‘qib berdi. Unda Guryevaning Tokioda medal qo‘lga kiritgani mamlakatda sportchilarga yaratilgan ulkan imkoniyatlar samarasi ekani aytildi.

Turkmaniston tarixida olimpiada sovrindori bo‘lgan ilk sportchiga nimalar sovg‘a qilindi?

Ma’lumot uchun, Tokio olimpiadasida Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxshi natijani O‘zbekiston qayd etdi. O‘zbekistonlik atletlar 3 ta oltin va 2 ta kumush bilan mintaqaning eng yaxshisi, umumjamoa hisobida 32-o‘rinda bo‘ldi. 2 ta kumush va 1 ta bronza qo‘lga kiritgan Qirg‘iziston 70-o‘rinni, 1 ta kumush bilan Turkmaniston 77-o‘rinni, 8 bronza bilan Qozog‘iston 83-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tojikiston delegasiyasi Tokiodan medalsiz qaytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!