Turkmaniston prezidentidan navbatdagi rep: Bir tulporim bor edi... (video)

Turkmaniston prezidentidan navbatdagi rep: Bir tulporim bor edi... (video)

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 28 aprelda Rivoj laqabli axaltaka toychog‘i haqida rep qo‘shiq ijro etdi. Ta’kidlanishicha, toychoq 2019 yilning ilk kuni tug‘ilgan.

Turkmaniston rahbari o‘zi yozgan qo‘shiq bilan xalqaro ot sporti majmuasida turkman oti milliy bayrami sharafiga o‘tkazilgan ot choptirishda chiqish qilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Qo‘shiqda toychoq butun mamlakat uchun farovonlik darakchisi va ilhom manbai ekani haqida kuylangan.

Joriy yil boshida Berdimuhamedov Turkmaniston ichki ishlar vazirligi xo‘jalik boshqarmasi ob’ektlaridagi vaziyat bilan tanishishi vaqtida vazir Iskandar Mulikov IIV shaxsiy tarkibi nomidan unga ushbu toychoqni sovg‘a qilgan. Berdimuhamedov toychoq shiori Turkmaniston farovonlik vatani bo‘lgan 2019 yilda dunyoga kelgani sababli uni Rivoj deb atagan.

Umuman olganda, Turkmaniston prezidenti ikkinchi bor ommaviy ravishda rep qo‘shiq ijro etmoqda. 2018 yil iyulda u nabirasi bilan birga Sportcha Turkmaniston degan qo‘shiqni ijro etgan. Qo‘shiq so‘zlariga prezidentning o‘zi, musiqasiga esa nabirasi mualliflik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!