Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan qo‘ng‘iroqlashdi

25 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Turkmaniston yetakchisi davlatimiz rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutladi. Mamlakatimizni modernizasiya qilish va uning xalqaro nufuzini yuksaltirishga qaratilgan samarali islohot va yangilanishlar davom ettirilishi tilandi.

Joriy yil 4-5 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi rasmiy tadbirlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Bo‘lajak muloqotlar, shu jumladan mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!