Turkmaniston prezidenti koma holatiga tushgani rostmi?

Turkmaniston prezidenti koma holatiga tushgani rostmi?

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning ahvoli yomonlashgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, u tadbirlarda ishtirok etmoqda. Bu haqda «RBK»ga Turkmanistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Bir qator OAVlarning, go‘yoki, Turkmaniston prezidentining ahvoli yomonlashgani haqidagi xabarlari mutlaqo ishonchsiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — deyishdi matbuot xizmatida.

Diplomatik missiya qayd etishicha, mamlakat prezidenti tadbirlarda muntazam ishtirok etmoqda, ularning jadvali esa prezident saytiga joylashtirilgan. Xususan, 20 sentyabr kuni Berdimuhamedov onlayn-formatda Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishini o‘tkazgan, — deyiladi elchixona xabarida.

Avvalroq «RIA Novosti» nomi keltirilmagan OAVlarga tayanib, Berdimuhamedov koma holatida yotganini ma’lum qilgandi.

Shundan keyin bu yangilik boshqa yirik Rossiya OAVlarida tarqalib ketdi. Ulardan hech birida prezidentning komaga tushgani haqidagi mish-mishlarning asl manbasi keltirilmagan.

«Xronika Turkmenistana» ta’kidlashicha, Berdimuhamedov komada yotgani haqidagi ilk mish-mishlar turkmanistonlik muxolifatchi bloger Muxammet Duyejining YouTube kanalida paydo bo‘lgan. Tegishli rolik kanalga 21 sentyabr kuni tonggi vaqtda joylangan.

Nashr eslatishicha, so‘nggi marta Turkmaniston rahbari 20 sentyabr kuni, Vazirlar mahkamasining mamlakat mustaqilligining 30 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi chog‘ida telekameralar ob’ektivlari qarshisida ko‘ringan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!