Turkiyalik olim ayfonni “fosh qildi”

Turkiyalik olim ayfonni “fosh qildi”

Turkiyalik kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspert Melix Sevim ayfon qurilmasidagi nozik jihatni aniqladi. Shu orqali istalgan foydalanuvchi boshqa kishi smartfonida saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishi mumkin. The Hacker News portalida shunga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi.

Melix Sevimning so‘zlariga ko‘ra, Apple telefon egasining Apple ID identifikatorida ko‘rsatiladigan telefon raqamini uning iCloud dagi akkauntiga ulab qo‘yadi. Oqibatda xohlagan iCloud foydalanuvchisi begona telefon raqamini kiritib, unga bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarning bir qismini olishi mumkin.

Aytaylik, agar abc@icloud.com akkaunt egasining raqami 12345 telefon raqamiga ulangan bo‘lsa, men 12345 raqamini o‘zimning xyz@icloud.com dagi Apple ID bazasiga kiritaman va abc akkaunti egasi haqidagi ma’lumotlarni xyz akkauntida ko‘ra olaman , - deydi ekspert.

Boshqa bir IT-mutaxassis ham bunday kamchilik aslida 2018 yil oktyabr oyida aniqlanganini aytib o‘tgan hamda kompaniyaning xavfsizlik jamoasini ogohlantirganini tasdiqlagan.

Kompaniyaning o‘zi esa hozirgacha ham mazkur nuqson bilan bog‘liq hech qanday rasmiy bayonot bermagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!