Turkiyadan Farg‘onaga aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

Turkiyadan Farg‘onaga aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

«Turk havo yo‘llari» (Turkish Airlines) Turkiyaning yirik shaharlaridan Farg‘onaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘ymoqchi.

Ma’lum qilinishicha, aviakompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori Selim Kaxriman boshchiligidagi ko‘p sonli turk mutaxassislaridan iborat ishchi guruh, Farg‘ona xalqaro aeroportini ko‘zdan kechirish hamda mavjud infratuzilma va xavfsizlik tizimi bilan joyida tanishish uchun Farg‘onaga borgan.

Mehmonlarni aeroport direktori Timur Xalilov hamda viloyat hokimligi mutasaddilari kutib olgan.

Uchrashuvda Farg‘ona aeroportining vodiy hududida tutgan o‘rni va roli alohida e’tirof etilgan. Mehmonlarga viloyatning iqtisodiy va yo‘lovchi salohiyati, shuningdek, Turkiya bilan hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berilgan.

Shuningdek, muloqot chog‘ida havo kemalariga yer usti xizmat ko‘rsatish hamda umumiy xavfsizlik risklari masalalari alohida muhokama qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!