Turkiyada yong‘inlar deyarli o‘chirildi, mamlakat Gresiyaga yordam bermoqchi

Turkiyada yong‘inlar deyarli o‘chirildi, mamlakat Gresiyaga yordam bermoqchi

Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirlining ma’lum qilishicha, mamlakatning aholi punktlariga tahdid soladigan barcha o‘rmon yong‘inlari o‘chirilgan.

"Hozirda aholi yashaydigan joylarga xavf tug‘diradigan yong‘inlar yo‘q", dedi u 8 avgust, yakshanba kuni mahalliy telekanallardan birining efirida.

Vazir, shuningdek, yonib ketgan o‘rmonlar tiklanishini, hududlar boshqa yo‘l bilan ishlatilmasligini aytdi.

Pakdemirli hozirda 240 yong‘indan beshtasiga qarshi kurash davom etayotganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, vazirning xabar berishicha, Turkiya so‘nggi kunlarda o‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq vaziyat jiddiy yomonlashgan qo‘shni Gresiyaga o‘t o‘chirish samolyotlarini yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!