Turkiyada o‘zbek bankka hujum qildi

Turkiyada o‘zbek bankka hujum qildi

O‘zbekistonning 41 yoshli fuqarosi Antaliyadagi xususiy bankka hujum qilgan va odamlarni garovga olgan.

Kecha kasbi shifokor bo‘lgan bu shaxs o‘yinchoq to‘pponcha bilan bankka kirgan va bomba borligini aytib, qo‘rqitgan (bomba haqidagi xabar tasdiqlanmagan).

O‘zbekistonlik bank mijozlarini va ayollarni qo‘yib yuborgan, faqat erkak xodimlarni ushlab qolgan. Voqea joyiga zudlik bilan polisiya yetib kelgan va hujum qilgan shaxs taslim bo‘lgan.

Uning hujumiga bank xodimlari aldagani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hozir u hibsga olinib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!