Turkiyada karantin choralari kuchaytirildi

Turkiyada karantin choralari kuchaytirildi

Turkiyada koronavirus yuqtirish holatlari ko‘payishi sabab karantin choralari kuchaytirilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, «qizil» viloyatlarda komendantlik soati nafaqat yakshanba, balki shanba kunlari ham joriy etiladi. Turkiya bo‘ylab kundalik komendantlik soati 21:00 dan 05:00 gacha davom etadi.

Shuningdek, Respublika hukumati Ramazon ro‘zasi oyida cheklovlar kiritishga qaror qilgan.

«Ramazon oyida mamlakatda jamoaviy iftorlik va saharlik o‘tkazishga cheklovlar qo‘yadi»,- deya ta’kidlagan Erdo‘g‘an.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!