Turkiyada jamoat joylarida chekish taqiqlandi. Sababi koronavirus

Turkiyada jamoat joylarida chekish taqiqlandi. Sababi koronavirus

11 noyabr kuni Turkiya hukumati mamlakatda koronavirus avj ola boshlagani tufayli jamoat joylarida chekishni taqiqladi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri xabar bergan. Turk hukumati aholini ehtiyot choralariga amal qilishga chaqirmoqda.

So‘nggi paytlarda Turkiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkichlar keskin o‘sib bormoqda. Masalan, 11 noyabr chorshanba kuni 2693 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan. Poytaxt Anqarada faqat kasallik alomatlari mavjud bo‘lgan bemorlargina yangi kasallanganlar soniga qo‘shilmoqda. Bu esa tanqidchilarning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Chunki, bu mamlakatda koronavirusga chalinganlarning asl sonini berkitish hisoblanadi.

Ichki ishlar vazirining mamlakat aholisiga qilgan murojaatida aytilishicha, jamoat joylarida chekishni ta’qiqlash odamlarning niqob taqib yurish qoidasiga amal qilishlari uchun joriy etildi. Chunki, chekayotgan odam tabiiy ravishda niqobni og‘zidan pastga tushiradi.

«Niqoblarni har doim va to‘g‘ri taqishni ta’minlash uchun 2020 yil 12 noyabrdan boshlab fuqarolar gavjum bo‘lgan ko‘chalar va xiyobonlar hududida chekishga taqiq qo‘yiladi.Shuningdek, ushbu cheklov  jamoat transporti to‘xtash joylarida ham amal qiladi»  deyiladi vazirlik bergan xabarda.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Ko‘ja fuqarolarni niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash qoidalariga to‘liq rioya qilishga chaqirgan edi.

«Men sizdan qo‘lingizdan keladigan ishni qilishingiznigina so‘rayapman. Boshqa hech narsani talab qilganim yo‘q»,  deb yozgan Ko‘ja "Tvitter"da.

Turkiyada hozirgacha 400 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan va ularning 11 145 tasi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!