Turkiyada ayol 4 nafar bolasini 3-qavatdan pastga uloqtirib, ularning hayotini saqlab qoldi

Turkiyada ayol 4 nafar bolasini 3-qavatdan pastga uloqtirib, ularning hayotini saqlab qoldi

Turkiyaning Istanbul shahrida bir ayol bolalarni yonayotgan xonadonning derazasidan uloqtirib, ularning hayotini saqlab qoldi. 

Hodisa 24 fevral, chorshanba kuni Esenler tumanida sodir bo‘ldi. Ko‘p qavatli uyning uchinchi qavatida yong‘in yuz bergan. Ayol to‘rt farzandini derazadan birin-ketin uloqtirgan va pastda odamlar choyshab yordamida bolalarni ushlab olgan. Rasmiylarga ko‘ra, bolalar jarohat olishmagan.

Qo‘shnilaridan birining aytishicha, dastlab kvartiradan qora tutun chiqa boshlagan. "Keyin derazadan bolalarning qichqirig‘i eshitildi, – deb eslaydi guvoh. – Biz choyshabni yoydik. Ayol bolalarini pastga uloqtira boshladi. To‘shak bilan to‘rt bolani ushladik”. Keyinchalik o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishdi. Yong‘in sababi aniqlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!