Turkiya fuqaroligini olish shartlari qiyinlashmoqda

Turkiya fuqaroligini olish shartlari qiyinlashmoqda

Xorijliklar Turkiya fuqaroligini osonroq yo‘l bilan olishi uchun xarid qiladigan ko‘chmas mulk miqdori endi kamida 400 ming dollarni tashkil etishi kerak. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning shu haqdagi farmoyishi juma kuni hukumat xabarnomasi bo‘lgan «Rasmiy gazetada» e’lon qilindi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, qaror bir oydan keyin kuchga kiradi.

Bundan avval Turkiya fuqaroligini olaman degan xorijliklar kamida 250 ming dollarlik ko‘chmas mulk sotib olishi kerak edi. Ushbu qonun 2010 yil fevralda amalga kiritilgan.

Ko‘chmas mulk xarid qilish limitini oshirish haqidagi qaror Turkiya hukumati tomonidan aprel oyi o‘rtalarida qabul qilindi. Bundan tashqari, ko‘chmas mulk xarid qilish evaziga Turkiya fuqaroligini olish uchun murojaat qilgan xorijlik sotib olgan mulkini kamida uch yil davomida sotmasligi va boshqaruvga bermasligi majburiyatini zimmasiga olishi ta’kidlangandi.

O‘tgan yili xorijliklarning Turkiyada ko‘chmas mulk sotib olishga bo‘lgan talabi moliya bozoridagi beqarorlik tufayli oshib ketdi. Knight Frank konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda Istanbul, Anqara va Izmir turar-joy qimmatligi bo‘yicha dunyodagi eng yetakchi shaharlar qatoridan joy olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!