Turkiya AQShga Rossiya qurollari bilan tahdid qildi

Turkiya AQShga Rossiya qurollari bilan tahdid qildi

Agar AQSh F-35dan keyin F-16 sotuvini muzlatib qo‘ysa, u holda Turkiya Rossiyadan Su-35 va Su-57 qiruvchi samolyotlarini sotib oladi. Bu haqda Turkiya mudofaa sanoati boshqarmasi boshlig‘i Ismoil Demir ma’lum qildi, deb xabar beradi Kanal 7 telekanali.

“Turkiya alternativsiz qolmaydi. Agar kerak bo‘lsa, Su-35 va Su-57 mavzusi istalgan vaqtda ochilishi mumkin. Bizning sanoatimiz xavfsizligimizni ta’minlash uchun hamma narsani qilyapti, agar qo‘shimcha narsa kerak bo‘lsa, biz har doim chiqish yo‘lini topa olamiz”, - dedi Demir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya, agar Anqara ularni sotib olishga qaror qilsa, Moskva Turkiya tomoni bilan Su-35 va Su-57 qiruvchi samolyotlari bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyorligini ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Qo‘shma Shtatlar Turkiyaga Rossiyaning S-400 havo mudofaa tizimlarini Anqara tomonidan sotib olinishi munosabati bilan eng yangi F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan chiqarilishi to‘g‘risida xabarnoma yubordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!