Turkiya 2022 yilgi turizm ko‘rsatkichlarini e’lon qildi

Turkiya 2022 yilgi turizm ko‘rsatkichlarini e’lon qildi

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi mamlakatning 2022 yilgi turizm natijalarini e’lon qildi. Turkiya bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Turkiyaga tashrif buyurgan sayyohlar soni 51,4 million kishidan ortdi, bu pandemiyadan oldingi rekord yil bo‘lgan 2019 yildagi 51,8 millionning 99 foizini tashkil etadi. Bu raqam bilan Turkiya dunyoning uchinchi yirik turizm bozoriga aylandi.

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy bugun mamlakatning 2022 yilgi turizm ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Ersoy nutqida, “2022 yil oxiriga kelib, global turistik tashrif ma’lumotlari pandemiyadan oldingi davrga nisbatan 65 foizga tiklandi, ammo Turkiya pandemiyadan oldingi soniga deyarli yetdi. Turizm daromadlarining o‘sishi yanada hayratlanarli; 2022 yilda Turkiyaning turizmdan tushgan daromadi 2019 yilga nisbatan 19 foizga o‘sib, rekord darajadagi 46,3 milliard dollarga yetdi. Bu natijalar Turkiyaning pandemiyadan keyin «kuchli» qaytganidan dalolat beradi va biz 90 million sayyohni olib kelishga, shuningdek, 2028 yil oxirigacha turizmdan milliardlab daromad olishimizga ishinchimiz komil” deydi.

"Turkiya global targ‘ibot faoliyatini kuchaytiradi va barqarorlikka e’tibor qaratadi"

Mehmet Nuri Ersoy davom etdi: “Kelgusi 5 yil ichida maqsadlarimizga erishish uchun biz bozorni diversifikasiya qilish, o‘ziga xos manzillarimiz va mahsulotlarimizni global reklama qilish bilan bir qatorda, brendlash va barqaror turizm ekotizimini yaratishga e’tibor qaratamiz. Turkiya Jahon barqaror turizm kengashi (GSTC) bilan hukumat darajasida hamkorlik shartnomasini imzolagan dunyodagi birinchi davlatdir. GSTC bilan kelishuvimiz 2030 yil oxirigacha 3 bosqichli rejani belgilab beradi va shu vaqtga kelib biz mamlakatimizda 100% barqaror turizm ekotizimiga ega bo‘lamiz. Bizning brendlash va global targ‘ibot tadbirlarimiz yildan-yilga oshib boradi. 2028 yil oxiriga kelib mamlakatimizning butun turizm va madaniyat taklifini butun dunyoga taqdim etadigan jami 9 ta yo‘nalish va 20 ta mahsulot subbrendiga ega bo‘lamiz. Biz xilma-xillik va uzluksizlikni saqlab qolamiz, shu tariqa 2028 yilgacha marketing kommunikasiyalari uchun 225 million dollarlik byudjet bilan faoliyat yuritamiz.

Turkiya turizmni targ‘ib qilish faoliyatida ba’zi bir sohalarga e’tibor qaratadi; Velosiped turizmi, gastronomiya va sport turizmi asosiy e’tibor qaratlishi kerak bo‘lgan qismlardir. Turkiya sog‘liqni saqlash turizmiga ham alohida diqqat qaratadi va yilning 12 oyi davomida o‘zining 81 shahriga turizm ta’minotini diversifikasiya qiladi. Arxeologik diqqatga sazovor joylari bilan mashhur Turkiya, dunyodagi eng qadimgi neolit ​​obidasi bo‘lgan “Tash Tepeler” hududida arxeologik qazishmalarini davom ettiradi va Antaliya, Go‘reme-Kapadokiya, Pergamon va Izmirdagi Asklepion va Likiya yo‘lida yangi arxeologik parklarni ishga tushiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!