Turk harbiylari Tog‘li Qorabog‘ga jo‘natilishi mumkin

Turk harbiylari Tog‘li Qorabog‘ga jo‘natilishi mumkin

Turkiya vise-prezidenti Fuat Oktay Anqara Ozarboyjon iltimosi bilan Tog‘li Qorabog‘ga o‘z harbiylarini jo‘natishini istisno qilmasligini aytdi.

“Birinchi kundanoq prezidentimiz o‘z pozisiyasini bildirdi. Turkiya bunda ikkilanib o‘tirmaydi, prezidentimiz esa umuman ikkilanmaydi”, deb javob bergan Oktay tegishli savolga. 

Avvalroq Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin Tog‘li Qorabog‘da qanday shart bilan tinchlik o‘rnatilishini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni o‘nglashni istamaydi.

Qalinning ta’kidlashicha, Tog‘li Qorabog‘ okkupasiya qilinishi to‘xtagandan keyingina mintaqada tinchlik o‘rnatiladi.

“Urushni kim istayotgani tushunarli. Bu Turkiya va Ozarboyjonning haqligini tasdiqladi. Qorabog‘ okkupasiyadan ozod bo‘lsa, Janubiy Kavkazga tinchlik va barqarorlik keladi”, deb yozgan Qalin.

Bu orada Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Turkiya rahbariyatini Qorabog‘dagi jangovar harakatlarni to‘xtatishda jonbozlik ko‘rsatishga chaqirgan. Bundan tashqari, Sarkisyan Turkiyani mintaqadagi jangovar harakatlarda ishtirok etishdan voz kechishga chaqirgan. Uning ta’kidlashicha, shundan keyin ixtilof tomonlari yarashuvga erishib, tinch yechimni topish uchun muzokaralar stoli atrofiga o‘tiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!