Tramp "Xitoy operasiyasi"ni amalga oshirishga va’da berdi

Tramp "Xitoy operasiyasi"ni amalga oshirishga va’da berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp prezidentlikka qayta saylangan taqdirda, mamlakat iqtisodiyotini Xitoy iqtisodiyotidan "ajratib" olishga va AQSh biznesini mustaqil qilishga va’da berdi.

Matbuot anjumanida Oq uyda jurnalistlar oldida so‘zlagan Tramp Amerikani "ishlab chiqaruvchi super kuchga" aylantirishga va ish joylarini mamlakatga qaytarishga va’da berdi. Shuningdek, u AQSh "Xitoyga tayanolmasligini" va iqtisodiy hamkorlikda "milliardlab dollar yo‘qotayotganini" ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar uning raqibi Jo Bayden saylovlarda g‘olib chiqsa, u holda Xitoy "Amerikani egallab olishi" mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!