Tramp va Putin noyabrda Fransiya va Argentinada uchrashishi mumkin

Tramp va Putin noyabrda Fransiya va Argentinada uchrashishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin noyabr oyida Parij va Buenos-Ayresda ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi mumkin. Bu haqda, AQSh prezidenti ma’muriyatiga asoslanib, Bloomberg va «TASS» agentliklari xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, 30 noyabr — 1 dekabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayresda G20 sammiti bo‘lib o‘tadi, 11 noyabr kuni esa Parijda Birinchi jahon urushi yakunlanganining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tadi.

AQSh va Rossiya prezidentlarining ilk to‘liq formatli ikki tomonlama uchrashuvi 16 iyul kuni Finlyandiya poytaxti Xelsinkida bo‘lib o‘tgan edi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!