Tramp: "Ukrainadagi urushda o‘lganlar bugun tirik bo‘lishi ham mumkin edi"

Tramp: "Ukrainadagi urushda o‘lganlar bugun tirik bo‘lishi ham mumkin edi"

AQShning sobiq yetakchisi Donald Tramp uchinchi marta prezidentlikka nomzodini qo‘yishga to‘g‘ri kelishi mumkinligini aytdi, biroq 2024 yil uchun rejalar haqida yana rasmiy e’lon qilinmadi.

Tramp saylovoldi kampaniyasining rasmiy boshlanishi yil oxiridan, ya’ni Kongressga oraliq saylovlar o‘tkaziladigan paytda kutilmoqda, garchi amaldagi prezident Jo Bayden ikkinchi muddatga kurashish niyatini allaqachon e’lon qilgan.

"Haqiqat shuki, men ikki marta saylovda qatnashib, ikki marta g‘alaba qozonganman, ikkinchisi esa ancha yaxshi bo‘ldi. Endi biz buni yana qilishimiz kerak bo‘lishi mumkin. Bu yerda yana saylovga borishimni hohlaydiganlar bormi?", deb Tramp Shimoliy Karolinadagi mitingda o‘z tarafdorlaridan so‘radi.

U o‘zining siyosiy raqiblarini 2020 yilgi saylovlarni soxtalashtirishda va Bayden ustidan g‘alaba qozonishga intilishda ayblashda davom etmoqda.

"Energetika inqirozidan tortib, zo‘ravon jinoyatchilik inqirozigacha, Afg‘onistondagi falokatdan Ukrainadagi falokatgacha, biz ko‘rayotgan narsa - bu soxta va dahshatli saylovlar natijasidir", - dedi Tramp.

Sobiq prezident Ukraina mojarosining dahshatli manzaralarini ko‘rganida, “o‘layotgan, o‘lgan, vahshiylarcha, vahshiylarcha o‘ldirilgan bu odamlarning hammasi bugun tirik bo‘lishi mumkin edi, lekin tirik emas”, degan fikrdan doimo ich-ichimdan og‘riyotganini tan oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!