Tramp Putin va Si Szinpinning ustunligi haqida gapirdi

Tramp Putin va Si Szinpinning ustunligi haqida gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin zamonaviy jahon siyosatining yetakchilari hisoblanadi. Bu haqda Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp ma’lum qildi, deb yozadi WP.

«Si Szinpinga, KXDR yetakchisi Kim Chen Inga, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarang, xoxlaysizmi yoki yo‘qmi, ularning barchasi asosiy rollarda», — dedi siyosatchi. Keyin u misol tariqasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni ham tilga oldi.

Tramp, shuningdek, prezident Jo Bayden davrida Qo‘shma Shtatlar xalqaro munosabatlarda hurmatga sazovor emasligini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, agar u qayta saylansa, AQShning kuchli davlat sifatidagi obro‘sini tiklaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!