Tramp muhojirlarga sug‘urtasiz vizalar berishni taqiqladi

Tramp muhojirlarga sug‘urtasiz vizalar berishni taqiqladi

AQSh prezidenti Donald Tramp yangi farmonga imzo chekdi, unga ko‘ra muhojirlarni tibbiy sug‘urta uchun mablag‘i bo‘lmagan taqdirda mamlakatga kirish taqiqlanadi, deya xabar beradi Associated Press.

Xabar qilinishicha, immigrasion viza olish uchun murojaat etuvchilar endi tibbiy sug‘urtani to‘lashlari mumkinligini isbotlashlari kerak. Ta’kidlanishicha, yangi qoidalar chet eldan immigrasion viza olish uchun murojaat qilgan yoki turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi AQSh fuqarolari bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Amerika hududida bo‘lgan muhojirlarga hech qanday ta’sir ko‘rsatilmaydi. Farmon 3 noyabrdan kuchga kiradi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!