Tramp: "Men o‘zimni AQSh prezidenti kabi tuta olmayman"

Tramp: "Men o‘zimni AQSh prezidenti kabi tuta olmayman"

Amerika yetakchisi Donald Tramp o‘zini prezident kabi tuta olmasligini aytdi. Unga ko‘ra, u shunchaki bunday imkoniyatga yega emas, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.

«Men jang maydonidaman, u yerda menga qarshi ko‘plab kuchlar to‘plangan. Ba’zan o‘zimni prezident kabi tutishga vaqtim bo‘lmaydi», – dedi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pincha ishlarni bajarish kerak, shuning uchun ma’muriyat juda tez harakat qilishi lozim. Va bunday tezlikni ushlab tura olmaydiganlar "xalos bo‘lishlari" kerak, deb ta’kidladi Amerika rahbari.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon boshqa AQSh prezidentlaridan ko‘ra ko‘proq ish qilgan.

Avvalroq Trampning Nobel mukofotiga nomzodi ko‘rsatilgani haqida xabar berilgandi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!