Tramp Meksika chegarasida favqulodda holat e’lon qiladi

Tramp Meksika chegarasida favqulodda holat e’lon qiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarasida noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish uchun favqulodda holat e’lon qilmoqchi ekanini aytdi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.

Bu niyatini prezident Oq Uyga qilgan maxsus murojaatida aytgan.

Tramp favqulodda holat e’lon qilish orqali mamlakatning janubiy chegarasida devor qurish uchun 8 milliard dollar olmoqchi ekanini aytgan edi.

Tramp kongressdan qurilish uchun 5,7 milliard dollar ajratishini so‘ragan, lekin rad javobini olgan. Natijada, mamlakatda rekord darajada uzoqqa cho‘zilgan shatdaun boshlangan.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!