Tramp — foydasiz, qo‘rqoq va xavfli shaxs

Tramp — foydasiz, qo‘rqoq va xavfli shaxs

AQSh palatasi spikeri Nensi Pelosi va Senatdagi Demokratik ozchilik yetakchisi Chak Shumer qo‘shma bayonotda Oq uyning tinch namoyishchilariga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llashni qo‘rqoqlik deb atashdi. Xabar Nensi Pelosining saytida chop etilgan.

Jorj Floydning o‘ldirilishidan bir hafta o‘tgach, namoyishlar ko‘tarildi va irqchilikka qarshi shiorlarga ijtimoiy ohanglar qo‘shildi.

Demokratik liderlarning fikriga ko‘ra, ushbu qiyin paytda AQSh haqiqiy rahbarga muhtoj. Qarama-qarshilik, fanatizm va zo‘ravonlik alangalarini yoqishda davom etayotgan prezident Tramp qo‘rqoq, foydasiz va xavfli, deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, Pelosi va Shumer AQSh prezidenti Donald Trampni barcha amerikaliklarning qadr-qimmati va huquqlarini hurmat qilishga chaqirdi. Ularning fikricha, majvud vaziyatda xalq bilan ochiq va bosiqlik bilan muzokara olib borish lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!