Tramp: "Eron qo‘shnilaridan uzr so‘radi va taslim bo‘ldi"
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron prezidenti Masud Pezeshkianning uzriga izoh berib, Tehron Yaqin Sharq qo‘shnilaridan uzr so‘raganini aytdi.
Oq uy rahbari bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
"Og‘ir ahvolda qolgan Eron Yaqin Sharq qo‘shnilaridan uzr so‘radi va taslim bo‘ldi, endi ularga o‘q uzmasligiga va’da berdi. Bu va’da faqat Qo‘shma Shtatlar va Isroilning tinimsiz hujumlari tufayli berildi", dedi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ming yillar ichida birinchi marta Eron Yaqin Sharq qo‘shnilariga nisbatan yutqazgan holatda qoldi: "Ular Yaqin Sharqni bosib olishga va boshqarishga harakat qilishdi. Bu ming yillar ichida Eron Yaqin Sharqdagi qo‘shnilariga yutqazgan birinchi holat".
Amerika prezidenti shuningdek, mintaqa mamlakatlari vakillari unga minnatdorchilik bildirganini ta’kidladi: "Ular: "Rahmat, Prezident Tramp", dedilar. Men: "Marhamat!", dedim. Eron endi "Yaqin Sharq zolimi" emas, balki "Yaqin Sharqning mag‘lubi" va kelgusi o‘n yilliklar davomida, taslim bo‘lmaguncha yoki, ehtimol, butunlay qulamaguncha shundayligicha qoladi!"
Eslatib o‘tamiz, 7 mart kuni Eron prezidenti Masud Pezeshkian qo‘shni davlatlardan uzr so‘rab, "Bizning mintaqa mamlakatlari bilan hech qanday adovatimiz yo‘q" deb aytgan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Eronning vaqtinchalik boshqaruv kengashi mintaqadagi mamlakatlarga ularning hududidan hujumlar bo‘lmaguncha boshqa hujumlar uyushtirmaslikka qaror qilgan.
