Toshkentning ayrim hududlarida yana "svet" o‘chmoqda

Toshkentning ayrim hududlarida yana "svet" o‘chmoqda

Yuqori Chirchiq va Parkent tumanida elektr uzilishlari ko‘payib, aksar hududlar chiroqsiz qolgani haqida xabarlar kelmoqda. «Hududiy elektr tarmoqlari» bunga izoh berdi.

- Ayni paytda viloyatimizda elektr energiyasi barqarorligini ta’minlash, hududlarda ta’minotni tizimli yo‘lga qo‘yish, tarmoqlarni qayta tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda, - deydi deydi "Toshkent hududiy elektr tarmoqlari" korxonasi rahbari o‘rinbosari Murod G‘ulomov. - Tezkor ta’mirlash brigadalari joylarda uzluksiz faoliyat yuritmoqda. Bunga zarur mutahassislar, texnikalar, ehtiyot qismlar muttasil jalb etilmoqda.

Biroq, shunga qaramay, joylarda elektr ta’minotida nobarqarorlik holatlari uchramoqda. Bu aksar xollarda tizimdagi taqsimlash shahobchalarida yuzaga kelayotgan nosozliklar, isitish tizimlari, xususan, tabiiy gazning yetarli bo‘lmagani uchun iste’mol miqdori va bosimning keskin ortib ketayotgani, elektr isitish anjomlaridan tartibsiz foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

Hozirgi holatni e’tiborga olib, fuqarolarimiz elektr va gaz iste’molida tejamkor bo‘lishlari, bu esa mavjud energiya manbalarini boshqa hududlarga ham tizimli yetkazib berishga xizmat qilishini to‘g‘ri qabul qilishlarini so‘rar edik, deya qo‘shimcha qiladi Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbari o‘rinbosari Murod G‘ulomov.

Mutasaddining qayd etishicha, bunday holatlar viloyatning deyarli barcha huludlarida kuzatilmoqda. Tezkor guruhlar nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni ishga solishmoqda.

Xususan, yuqoridagi tumanlarda ham yaqin fursatlarda holat to‘liq bartaraf etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!