Toshkentning 14 ta joyida Navro‘z bayram tadbirlari o‘tkaziladi

Toshkentning 14 ta joyida Navro‘z bayram tadbirlari o‘tkaziladi

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, asosiy tantanalar “ Yangi O‘zbekiston” va “Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘larida o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, quyidagi manzillarda sayllar tashkil etiladi:

🔸Bektemir tumani: “Coca-Cola Garden” bog‘i (19 mart);
🔸Uchtepa tumani: “Seul eko bog‘i” (19 mart);
🔸Shayxontohur tumani: “Tashkent city” bog‘i (19-23 mart);
🔸Yunusobod tumani: “O‘zekspomarkaz” hududida (20 mart);
🔸Mirobod tumani: “Furqat” bog‘i (21-24 mart);
🔸Mirzo Ulug‘bek tumani “Markaziy istirohat bog‘i” (21-24 mart);
🔸Sergeli tumani: “Markaziy xiyobon” (21 mart);
🔸Olmazor tumani: “Yoshlik” shaharchasi, “Beruniy” maydoni (19 mart);
🔸Yakkasaroy tumani: “Seoul Mun” hamda "Next" ko‘ngilochar maskanlari (21-24 mart);
🔸Yangihayot tumani: “Tashkent Index” savdo majmuasi (20 mart);
🔸Yashnobod tumani: “Ashxobod sayilgohi” (21-24 mart);
🔸Chilonzor tumani: “G‘afur G‘ulom” bog‘i (21-24 mart).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!