Toshkentdagi suv toshqinlarining sabablardan biri ma’lum qilindi

Toshkentdagi suv toshqinlarining sabablardan biri ma’lum qilindi

Toshkent shahar xokimligi matbuot xizmati suv toshqinlarini oldini olib bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, suv toshqinlarining sabablaridan biri - bu drenaj tizimlariga tashlangan chiqindilardir.

Toshkent shahar hokimligi xizmatlari tomonidan maksimal darajada ko‘chalar tozalanadi, biroq ayrim ariqlar, drenaj tizimlar butilka va boshqa chiqindilar bilan to‘planib qolmoqda , - deb ma’lum qilindi matbuot xizmatida.

Hokimlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, 40 dan ortiq hududida yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilib, ushbu tadbirlar uchun 50 dan ortiq maxsus texnikalar jalb etildi.

Yog‘ingarchilik miqdori uzluksiz va avvalgi yillarga nisbatan ko‘pligi munosabati bilan Shtab ishchi guruhi tuzildi.

Birinchi navbatda, avtomobillar serqatnov bo‘lgan yo‘llar va aholi gavjum hududlarni hamda bosqichma-bosqich ichki ko‘chalardagi toshqinlarni bartaraf etish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari boshchiligida shahar shtabi tashkil etilib, tuman hokimliklari va mutasaddi tashkilot rahbarlarining tunu-kun uzluksiz navbatchiligi yo‘lga qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!