Toshkentdagi "savdo": 8 oylik go‘dakning narxi — 9000 dollar

Toshkentdagi "savdo": 8 oylik go‘dakning narxi — 9000 dollar

2019 yil 17 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 23 yoshli S.I. va rasmiy nikohsiz rafiqasi 26 yoshli G.T. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, G.T.ning 2018 yil 26 oktyabr kuni dunyoga keltirgan o‘g‘lini, tanishi 27 yoshli S.I. ismli ayolga 9 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlanganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!