Toshkentdagi noqonuniy qurilmalar fosh etildi

Toshkentdagi noqonuniy qurilmalar fosh etildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan OAV vakillari bilan hamkorlikda poytaxtimizda mavjud qurilish ob’ektlarida kechayotgan jarayon, noqonuniy qurilish ob’ektlarini aniqlashga bag‘ishlangan reyd tadbiri o‘tkazildi.

Ilk manzil poytaxtimizning Yunusobod tumani Chingiz Aytmatov ko‘chasi 37-uy manzilida qurilayotgan noqonuniy qurilma bo‘ldi.Bu ob’ekt o‘rganilganda, Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Noqonuniy qurilmalar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari tomonidan fuqaro SH.Xojiyevga tegishli bo‘lgan ushbu noqonuniy qurilma yuzasidan og‘zaki va yozma ogohlantirish berilgan.

Ob’ekt qurilishi Vazirlar Mahkamasining 200-son qarori 5-ilovasiga asosan, Davlat xizmatlari markazi orqali xabardor etishga oid ariza bilan murojaat qilinmaganligi va tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan boshlanganligi sababli MJTK ning 99- moddasiga binonan qoidabuzarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilgan.

Shunga qaramay, mulkdor tomonidan hanuzgacha qurilish-montaj ishlari noqonuniy tarzda olib borilmoqda. Endilikda inspeksiya tomonidan MJtkning 99-moddasi 8-bandi bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Reyd tadbirlarida ishtirok etayotgan Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi vakillari tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur ob’ektning loyiha hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qarori 4-ilovasi asosida Arxitektura va Shaharsozlik kengashi tomonidan kelishmasdan, o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Ushbu holat yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 467-sonli qarori asosida o‘rnatilgan tartibda ob’ekt egasiga 2024 yilning 18 yanvar kuni ko‘rsatma berilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur o‘zboshimchalik bilan qurilayotgan binoni bartaraf etish (buzish) bo‘yicha da’vo arizasini sudga kiritishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan Yunusobod tumani hokimligiga 2024-yil 23-yanvar kuni tegishli xat chiqarilgan.

Reyd tadbirlari Toshkent shahri Mirobod tumani Savr ko‘chasi 7-uy manzilida "Region partners stroy" MCHJ tomonidan qurilayotgan mehmonxona, biznes markazi, turar-joy binolarini qurish ob’ekti o‘rganildi.

Mazkur ob’ektning qurilish-montaj ishlari Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qarori 5-ilovasiga asosan, Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan turib boshlangani ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!