Toshkentdagi mudhish YTH natijasida Qozog‘iston fuqarosi vafot etdi

Toshkentdagi mudhish YTH natijasida Qozog‘iston fuqarosi vafot etdi

«UzNews.uz»ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasining xabar berishicha, 6 dekabr kuni taxminan soat 20:55da Toshkent halqa yo‘lida ayanchli YTH sodir bo‘lgan. VAZ 2106 avtomobili haydovchisi A.F. avtomashinani ishonchnoma bilan  mehnat birjasi binosining qarama-qarshi tarafida boshqarib ketayotib, yo‘lning mumkin bo‘lmagan qismidan o‘tayotgan piyodani bosib ketgan.

To‘qnashuv natijasida Toshkentda vaqtincha istiqomat qilgan Qozog‘iston fuqarosi 1964 yilda tug‘ilgan A.D. og‘ir tan jarohatlari olib, kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!