Ijtimoiy tarmoq sahifalarida «O‘quvchi o‘z o‘qituvchisiga qo‘l ko‘tarmoqda, boshqa biri maymunga o‘xshab o‘ynayapti, butun sinf o‘qituvchini kalaka qilyapti» mazmunidagi videoxabarlar tarqaldi.
Yuqoridagi holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Jumladan, Chilonzor tumanidagi 103-sonli umumta’lim maktabida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida yuz bergan hodisa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi, Chilonzor tumani hokimligi, shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari va boshqa mas’ullar tomonidan o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida maktab ma’muriyati, o‘quvchilar va ota-onalar bilan muloqot o‘tkazildi. Ma’lum bo‘lishicha, maktabning 6-«A» sinf o‘quvchilari matematika darsida o‘qituvchi YU.P. ning gaplariga quloq solmagan va tartib buzishgan. O‘z navbatida o‘qituvchi ham jahlini jilovlay olmasdan bolani majburlab sinfdan chiqarib yuborgan. O‘quvchi sinfdan chiqmaslik uchun o‘qituvchiga qarshilik ko‘rsatgan.
Yuqoridagi holat to‘liq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nazoratiga olingan. Maktabda yuz bergan bu voqea yuzasidan ota-onalar yig‘ilishi chaqirildi va ularning xohishiga ko‘ra matematika o‘qituvchisi YU.P. mazkur sinf o‘quvchilariga dars o‘tishdan chetlashtirildi. Tartib buzgan bolalar va ularning ota-onasiga chora ko‘rish masalasi tuman hokimligi Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.
Maktabda bo‘lgan mazkur holatlar yuzasidan murojaat qilgan barcha OAV vakillariga ham izohlar va ma’lumotlar yetkazildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.