Toshkentda xalqaro terroristik tashkilotlari a’zolari qo‘lga olindi

Toshkentda xalqaro terroristik tashkilotlari a’zolari qo‘lga olindi

2020 yilning 19 fevral kuni, Toshkent shaxri xududida “Tavxid va jixod katibasi” (TJK) xalqaro terroristik tashkilotiga aloqador bo‘lgan bir guruh tarafdorlari va a’zolarining faoliyatiga chek qo‘yildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxslar hozirda Suriyada xalqaro terroristik tashkiloti TJK safida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 1996 yilda Toshkent shaxrida tug‘ilgan A.Shodibekovning g‘oyaviy ta’siriga tushib, uning jinoiy faoliyatiga yaqindan qo‘mak berish maqsadida moddiy tomondan yordam ko‘rsatib, TJK tarkibiga borib ko‘shilishni rejalashtirib kelganlar.

Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1552-moddasi 1-qismiga (Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish) asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida poytaxt xududidagi 18 ta manzilda tintuv tadbirlari o‘tkazilib, 21 nafar shaxslar qo‘lga olindi.

Ushlangan shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olindi. Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan “Tavxid va jixod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti faoliyati O‘zbekiston Respublikasi xududida ta’qiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!