Toshkentda valyutafurushlar 8 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Toshkentda valyutafurushlar 8 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi, dedi "daryo.uz".

Fuqarolar A. va N. 7950 so‘mdan hisoblab, 8000 dollarni 63,6 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan mazkur xorijiy valyuta ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan A. va N. ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!