Toshkentda kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Toshkent shahar hokimligi aholidan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo‘ymaslikni so‘ramoqda.
“Noqulay ob-havo bilan bog‘liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga yoki murojaatni Xalq Nazorati (https://xalqnazorati.uz/ru/) portali va ilovasi orqali yuborish imkoniyati mavjud" - deyiladi xabarda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)