Toshkentda jinoiy guruh uzoqqa qochib keta olmadi

Toshkentda jinoiy guruh uzoqqa qochib keta olmadi

28 may kuni soat 14:20 lar atrofida Toshkent shahrining, Olmazor tumanida yashovchilar A.M., aka-uka D.I. va O.I.lar Chilonzor-7 dahasi 23-uy oldida shu uyda yashovchi F.A. va uning hamkasbi - Uchtepa tumanilik R.SH. larni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, F.A. ning qo‘lidan ichida 38 500 000 so‘m puli, fuqarolik pasporti va uyining kaliti bo‘lgan ayollar sumkasini tortib olgan. R.SH. ning qo‘lidagi barsetkasini tortib olmoqchi bo‘lganlarida, u qarshilik ko‘rsatgan, shundan so‘ng ular D.I. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasiga o‘tirib, voqea joyidan yashiringanlar.

Ichki ishlar xodimlarining amalga oshirgan chora-tadbirlari natijasida A.M., D.I. va O.I. lar ushlanganlar. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!