Toshkentda isitish mavsumi qachon tugashi ma’lum bo‘ldi

Toshkentda isitish mavsumi qachon tugashi ma’lum bo‘ldi

Toshkentda 23 martdan boshlab isitish mavsumini tugatish bo‘yicha harakatlar amalga oshiriladi. Gazeta.uz ning xabar berishicha, bunga ob-havoning iliqlashgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumot uchun, Toshkentda isitish mavsumi 2018 yil 16 oktyabrdan boshlangan edi. 2017-2018 yilgi isitish mavsumi 26 mart kuni yakunlangan edi.

Qayd etish joiz, 25 martdan boshlab poytaxtda issiq suvni reja asosida o‘chirish boshlanadi va bu jarayon 24 maygacha davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!