Toshkentda farzandini $1000ga sotgan ayol ushlandi

Toshkentda farzandini $1000ga sotgan ayol ushlandi

Bir yoshli farzandini tug‘ilgan kunining ertasida sotishga uringan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

2018 yil 5 noyabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent shahar Yashnobod tumani hududida fuqaro Y.N. o‘zining 04.11.2017 yilda tug‘ilgan farzandini 1.000 AQSh dollari evaziga arizachi «A»ga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uznews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!