Toshkentda er-xotin gazdan zaharlanib, vafot etdi

Toshkentda er-xotin gazdan zaharlanib, vafot etdi

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani hokimligi xabariga ko‘ra, 26 noyabr, er-xotin gazdan zaharlanib halok bo‘ldi.

Xabarga ko‘ra, xonadon egasining o‘g‘li D.A. va kelini S.A. baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan. Tuman hokimi hodisaning sabablarini tekshirish bo‘yicha dastlabki zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha qaror imzolagan.

«Oqqo‘rg‘ontumangaz» ta’minoti korxonasiga baxtsiz hodisa va uni kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun, o‘z ichki imkoniyatlari doirasida, zarur bo‘lgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash vazifasi berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!